Kirish O'yin yaratish

Dars o'yin bilan esda qoladi

Savolni bir marta kiriting. Sinf uni arqon tortish, poyga, krossvord va yana besh xil o'yinda o'ynaydi. O'quvchi ro'yxatdan o'tmaydi: kod yoki QR kifoya.

O'qituvchi doskada ko'rsatgan 6 xonali kodni yozing

Arqon tortish3 × 7 = ?

Pro Quiz hozir

0kishi hozir o'ynayapti
0bugun o'tkazilgan o'yin
0jami o'ynalgan
0o'qituvchi
0tayyor o'yin

Raqamlar har bir necha soniyada yangilanadi.

Uch qadamda boshlanadi

  1. O'yin tanlang yoki yaratingKutubxonadan tayyorini oling yoki mavzuni yozing: savollarni AI tuzib beradi.
  2. Kodni doskada ko'rsatingO'quvchilar telefonda kodni yozadi yoki QR ni skanerlaydi. Telefon bo'lmasa, o'yin doskaning o'zida o'ynaladi.
  3. Sinf o'ynaydi, siz hisobot olasizKim qaysi savolda xato qilgani va har bir o'quvchining natijasi saqlanadi.

Bitta to'plam, sakkiz xil o'yin

Har bir o'yinning o'z ko'rinishi va qoidasi bor, savollar esa o'sha-o'sha.

Tayyor to'plamlar

Boshlang'ich sinfdan oliy ta'limgacha. Ochib, darhol o'ynash mumkin.

Butun kutubxonani ochish

Kimlar uchun

Boshlang'ich sinfTelefonsiz o'yinlar: doskada arqon tortish, juftini top, toifalarga ajratish.
5–11-sinfHar bir fanga mos to'plamlar, sinf bilan jonli bellashuv va batafsil hisobot.
Litsey, kollej, texnikumMavzuni mustahkamlash va nazoratdan oldin tezkor takrorlash.
Oliy ta'limMa'ruza oxirida besh daqiqalik tekshiruv, katta auditoriya uchun.
Bog'chaRasmli va sodda o'yinlar: ranglar, sanoq, meva va sabzavotlar.

Narxlar

O'ynash doim bepul. Pro ko'p yaratadigan o'qituvchilar uchun.

Ko'p beriladigan savollar

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishi kerakmi?

Yo'q. O'quvchi proquiz.uz saytida kodni va ismini yozadi, bo'ldi. Akkaunt faqat o'yin yaratadigan o'qituvchiga kerak.

Sinfda telefon yo'q. O'ynasa bo'ladimi?

Ha. Arqon tortish, krossvord, juftini top va boshqa o'yinlar bitta ekranda, elektron doska yoki proyektorda o'ynaladi.

Elektron doskada ishlaydimi?

Ishlaydi. Sayt Android va Windows doskalardagi oddiy brauzerda ochiladi, hech narsa o'rnatish shart emas. Tugmalar barmoq bilan bosishga moslangan.

Bir o'yinga nechta o'quvchi kira oladi?

Bepul rejada 40 ta, Pro rejada 100 ta. Odatdagi sinf to'liq sig'adi.

AI savollarni to'g'ri tuzadimi?

AI xato qilishi mumkin. Shuning uchun u tuzgan savollarni saqlashdan oldin ko'rib chiqing va kerak bo'lsa tuzating. Tekshirilgan savollar bankka tushadi va keyingi safar tayyor holda beriladi.